Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

YANGILIKLAR

PDF

2019-01-30 12:05:25 638

UNMCSR-SNC vakillari «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi

Example blog post alt

2019 yilning  29 yanvar kuni «Ipak yo‘li» turizm  xalqaro universitetiga  United Nations Maritime and Continental Silk Road Cities Alliance Smart City and New Industry Committee (UNMCSR-SNC) tashkiloti  vakillaridan iborat,  UNMCSR-SNC  bosh kotibi janob Szyanbo Vu boshchiligidagi Xitoy  delegatsiyasi   tashrif  buyurdi. Uchrashuv  davomida  o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum va hamkorlik  bo‘yicha kelishuv  tuzildi. Ishchi tashrif  dasturi o‘z ichiga   Xitoy  OTMlari  bilan  hamkorlik  masalalari  istiqbollari  muhokamasi va do‘stona  munosabatlarni  qurish,  ilmiy va  ta’lim  faoliyatini  rivojlantirish  maqsadida kelishuv  tuzilishini  o‘z  ichiga  oldi.
Mazkur  hujjat fan va  ta’lim  sohasida  «Bir makon, bir yo‘l» Xitoy  hukumati miqiyosli  tashabbusini  amalga  oshirish doirasida  hamkorlikni chuqurlashtirish  maqsadida  tuzilgan.  Memorandumda  ko‘rsatilishicha,  uning ishtirokchilari ikki tomonlama  diplom  dasturi,  hamda  jalb etilishi  mumkin  bo‘lgan manfaatdor tomonlar  hamkorlikdagi  innovatsion  loyihalari  amalga  oshirilishi,  ilmiy-tadqiqot dasturlari va  o‘zaro  tadqiqot  loyihalari  tashkillashtirilishi,  professor-o‘qituvchilar  tarkibi va  bakalavrlar  tayyorlanishi hamkorlik  dasturlarini  rivojlantirish, akademik  almashinuvga  yo‘l ochilishi  nazarda  tutiladi (ikki tomonlama  diplm  dasturi  nafaqat  xalqaro tajribaga,  balki  ta’lim  olish  davrida  bakalavriat yoki  magistratura  bitta  dasturi  bo‘yicha ta’lim  olish  davrida  ikkita  diplom  olish  uchun  imkoniyat  hamdir).
Shuni  ham  ta’kidlab  o‘tish kerakki,  muzokaralar davomida kelajakda Xitoy delegatsiyasi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro unversiteti bilan hamkorlikda mamlakatimizga Vatanimiz tarixi, madaniyati, san’ati va arxitekturasini  o‘rganish uchun bir millionga  yaqin xitoy  talabalari  va  o‘quvchilarini jo‘natishni maqsad qilinayotgani haqida aytib o’tishdi. Xaynan universiteti  namoyandasi Li Dzin aytishicha: «Xitoyda  hamma  ham O‘zbekiston  Buyuk  Ipak yo‘li  markazida  joylashganini  bilavermaydi,  shu  sababli  biz, imkon  qadar ko‘proq  xitoyliklar mamlakatingiz tarixi  naqadar boyligini  bilishlarini  istardik,  shu  sababli  ham  loyihamiz  markazi  sifatida  O‘zbekistonni tanlaganmiz».
Kelgusida, universitet  qoshida Xitoy  tili  markazi  hamda  xitoy tilida  so‘zlashuvchi gid-ekskursovodlarni  tayyorlash markazi ochilishi rejalashtirilgan.
Har  ikkala  tomon,  umumiy  maqsadlarga  erishish borasida  o‘zaro manfaatlarni  ifoda  etuvchi masalalar bo‘yicha aloqalar va  hamkorlik  haqida  ikki tomonlama  kelishuvni  qabul  qilishdi.